Xalqaro matbuot o’tgan hafta O’shda otib o’ldirilgan muxbirimiz Alisher Soipovga motam tutmoqda.

Jurnalist hayoti va faoliyati xotirlanmoqda. Shuningdek, uning o’limi ortidagi sabablar mushohada qilinmoqda.

Bugun UNESCO, BMT Ta’lim, Ilm-Fan va Madaniyat Tashkiloti Alisherning o’limini qoralab chiqqan.

“Biz Alisher Soipovning qotillari adolat oldida javob berishini istaymiz”,- deydi tashkilot bosh direktori Koichiro Matsuura.

"Jurnalistning o’ldirilishi barcha erkinlik va huquqlardan yuz o’girish bilan barobar. Bu qotillik insonlarni erkin so’z va fikrlashdan qo’rqitish, ularning asosiy huquqlarini buzish demakdir", - deydi UNESKO rahbari.

Tashkilot oldiga qo’yilgan vazifalardan biri dunyoda matbuot erkinligini ta’minlash va bu boradagi huquqlarning poymol etilmasligi uchun kurashishdir.