Respublika bu guruhdan chiqishi mumkinligi haqida taxminlar mavjud.
Rossiya tashabbusi bilan bu tashkilot doirasida tezkor qo`shinlar batalyonini tuzish g’oyasini O'zbekiston u qadar quvvatlamagan.
Sharhlovchilar nazarida Islom Karimov va uning ma’muriyati Kreml ta’siridan
uzoqlashishga urinmoqda.
Siyosiy
sharhlovchi Farhod Tolipov nazarida ichki vaziyat tashqi siyosatga ta’sir
qilmay qolmaydi. Shuningdek, deydi u,O'zbekiston aniq tashqi strategiyaga ega ham emas.
Rasmiy
Toshkent yaqin besh yil ichida G’arb bilan ham yaqin, ham keskin aloqalarda
bo’ldi. Amerika maqtalgan davrlarda Rossiya qoralandi. 2005 yildagi Andijon
voqealari ketidan esa Kreml yaqin do’st sifatida ko’klarga ko’tarildi, Vashington esa ishonchsizlikda tanqid qilinib,
rishtalar uzildi. Oxirgi
bir yil ichida Islom Karimov G`arb bilan iliq gaplasha boshlagan. Sharhlovchilarga
ko`ra O'zbekistonning Kollektiv xavfsizlik shartnomasiga nisbatan munosabati
sovugani ham shu o'zgarish bilan bog’liq. “Tashkilotga
a'zo davlatlarning xavfsizlikni ta'minlashga nisbatan munosabatlari hali
uyg`unlashgani yo'q. Bundan tashqari a'zo davlatlar xavfsizlik bo'yicha
tajribaliroq tashkilot NATO bilan ham munosabat olib borishadi. Xullas,
Kollektiv xavfsizlik tashkiloti real tahdid tug’ilgan paytda qanchalik xizmat
ko’rsatishi ham gumon ostida”, - deydi Tolipov. Tashkilot
Bosh kotibi Nikolay Bordyuja Yerevandagi anjumanda, “O'zbekistonning tashkilotdan
chiqishi haqida tarqalgan gaplar asossiz”, degan. O'zbekiston
tashkilot doirasida imzolanayotgan hujjatlarda, qabul qilinayotgan qarorlarda
faol ishtirok etib kelmoqda, deydi u. Siyosiy sharhlovchi Abduvalil Soyibnazarov deydiki: “Hozir Tashqi ishlar vazirligi qoshida ODKB davlatlari bilan munosabat yuritish bo`yicha maxsus bo`lim faoliyat yuritadi. Imzolangan shartnomaga ko`ra tahdid tug`ilgan paytda davlatlar bir-birlariga yordamga kelishadi. Shularni hisobga
olsak, O'zbekistonning tashkilotdan chiqishi haqidagi gaplar haqiqatdan uzoqqa
o`xshaydi”. Rasmiy
Toshkentning tashkilot majlisni iyun oyida otkazish haqidagi taklifi inobatsiz
qolgach O'zbekiston Yerevandagi yig`ilishda qatnashishdan bosh tortgani ta’kidlanadi. O'zbekiston
Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan ham shu tariqa chiqqan, deydi tahlilchilar. O'zbekiston
prezidenti ODKBning so'nggi sammitida ham ishtirok etmagan edi. O'zbekiston
Rossiya ta`siridan uzoqlashishga intilar ekan, G'arb, xususan AQSh bilan
munosabatni qalinlashtirish harakati kuzatilmoqda. G'arbda
ham munosabatlar tiklanishiga qarshilik yo'q. Lekin Farxod Tolipov nazarida Yevropa
Ittifoqi va Amerika O`zbekistondan islohotlar kutmoqda. “Yevropa Ittifoqiningyangi strategiyasida ham demokratiya va inson huquqlari alohida ko'rsatilgan. G’arb bu masalaga ko`z yumayapti
deb bo`lmaydi”, - deydi Farxod Tolipov.
