Gollivud yulduzi Anjelina Joli 1990-yillarda Bosniyani qaqshatgan etnik mojarolar haqida badiiy film ishladi. Bu uning rejissorlik debyuti. “Amerika Ovozi”ga bergan eksklyuziv intervyusida Anjelina Joli “Qon va asal o’lkasi” deb nomlangan bu kartina ortidagi maqsadlar haqida so’zladi.

Anjelina Joli filmi - "Qon va asal o'lkasida", Navbahor Imamova hikoya qiladi

download iconDownload: MP3

Right click (Control click for Mac) and choose Save Link/Target As

“Oskar” mukofoti sovrindori Anjelina Joli – super yulduz. U o’ynagan filmlar jahon ahlini o’ziga rom etib keladi. Go’zal aktrisa endi kamera ortida, ilk bor rejissyorlik qildi.

“Mavzuni qancha kop o’rgangan bo’lsam, xalqaro hamjamiyatning bu urushga aralashmaganidan shuncha ko’p ga’zablandim. Ayollarga nisbatan zo’ravonliklarni aytmasa ham bo’ladi. Va men bu haqda film ishlashga qaror qildim. Nafaqat er-xotin, balki opa-singil, ota-bola, ona-bola o’rtasidagi munosabatlar haqidagi film”.

VOA
Anjelina Joli "Amerika Ovozi" bilan suhbatda

Ssenariy muallifi ham Anjelina Jolining o’zi. “Qon va asal o’lkasi” - Bosniya-Gersegovinadagi uch yillik etnik mojaro davridagi musulmon ayol va serb erkakning muhabbat qissasi.

Film urush azoblari, tinchlik lazzati va insonlar orasidagi murakkab rishtalarni aks ettiradi. Odamlarni o’ylantirsa bo’lgani, deydi Anjelina Joli.

“Men odamlar Bosniyadagi urushni unutmasin deyman, o’sha davrda nimalar bo’lganini yodda tutsin, urushda omon qolganlarga hurmat bilan qarasin deyman. Bu mamlakatda qilinadigan ishlar hali ko’p. Fojea davom etmoqda”.

AP
Anjelina Joli olti bolaning onasi, Gollivud yulduzi Bred Pittning sevgilisi

Anjelina Joli - Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus elchisi. Olti farzandning onasi va Gollivud yulduzi Bred Pittning sevgilisi. Aktrisa global maydonda faol.

“Bu film mendan juda muhim masalalar ustida ishlashni talab qildi. Tasavvurim boyidi. Ko’p narsa o’rgandim”.

VOA
"Qon va asal o'lkasida" filmi - bosniyalik musulmon ayol va serb erkak orasidagi muhabbat qissasi

Joli filmga qo’l urganida, Bosniya urushini boshdan kechirganlarning ba’zilari uni mojaroni noto’g’ri tushunganlikda ayblab chiqdi.

U film ssenariysini boshqa birov yozgan kitobdan ko'chirgan deganlar ham bo’ldi.

Tanqidlarga qaramay shu yil boshida Bosniya poytaxti Sarayevoda bo’lib o’tgan kinofestivalda Anjelina Joli rejissorlik ishiga yuqori baho berildi.

“Bu Amerikaning Bosniya haqidagi filmi emas. Bu filmni bir amerikalik va ko’plab bosniyaliklar hamkorlikda suratga oldi, biz birgalikda ishladik”, - deydi Joli.

“Qon va asal o’lkasi” kartinasi ingliz va bosniya tillarida yangi yil arafasida katta ekranlarga chiqadi.