AQSh Davlat departamentining ma’lum qilishicha, grin karta uchun hujjatlarni kelasi haftadan topshirish mumkin.

Amerikada yashash va ishlash huquqini beruvchi lotereya shu yilning 4-oktabridan 5-noyabriga qadar o’ynaladi.

Hujjatlar elektron ravishda dvlottery.state.gov sayti orqali topshirilishi kerak, ro’yxatdan o’tish bepul.

Kelasi yilning 1-mayidan boshlab esa Davlat departamenti saytida natijalarni bilish mumkin. Lotereya shartlari haqida ham ushbu sahifada,   dvlottery.state.gov da o’qishingiz mumkin.

Ba’zi hollarda ayrim kompaniyalar grin karta uchun hujjatni to’ldirib, buning uchun haq oladi. Ta’kidlab o’tamiz, lotereya o’ynash bepul, deyiladi AQSh elchixonasi veb-sahifasida.

Elchixona grin karta haqida to’liqroq ma’lumot berish maqsadida uchrashuvlar o’tkazadi.

Ro’yxatdan o’tishning birinchi kuni – 4-oktabrda Amerikaning Toshkentdagi elchixonasida hamma uchun ochiq tadbir o’tkaziladi.

Qatnashmoqchi bo’lganlar 3-oktabrga qadar Tashkent@state.gov elektron pochtasiga maktub jo’natib, unda ism-sharif va passport raqamini yozish shart.

Qo’shimcha ma’lumot elchixona veb-saytida uzbekistan.usembassy.gov.