Qirg’iziston janubidagi masjid va madrasalar ayollarga ham eshigini ochmoqda.

Bu ko’rsatma boshida mahalliy diniy boshqarma turgani ma’lum.

Rasmiylarning aytishicha, mazkur tajriba Markaziy Osiyoda ilk bor qo’llanib, xotin-qizlarning diniy savodini oshirish, turli oqimlardan himoya qilishni ko’zlaydi.

Yangilik O'shning Novqat va Qorasuv tumanlarida dastlab sinab ko'riladi.

AP

Xotin-qizlar orasida bu xabar ehtiyotkorlik bilan kutib olindi.

"Ayollarning masjidi, madrasasi erkaklarning masjid-madrasasidan alohida bo'lsa, mayli. Lekin bitta joyda o'tirish to'g'ri bo'larmikan?" - deydi o'zini Muslima opa deb tanishtirgan ayol.

Mutaxassislar Qur'onda masjidda ayol va erkakni ajratish haqida so'z yo'q, deya eslatadi.

Qirg'izistonda islom va ayollar, Ulug'bek Sokin lavhasi

download iconDownload: MP3

Right click (Control click for Mac) and choose Save Link/Target As