2001-YIL, 11-SENTABR... DUNYONI LARZAGA KELTIRGAN KUN
2001-yilning 11-sentabrida to'rt yo'lovchi samolyoti olib qochilib, ulardan ikkisi Nyu-York shahrida, biri Pensilvaniya shtati, yana bir esa Virjiniyada, AQSh Mudofaa vazirligi joylashgan Pentagon binosiga qulagan edi. O'sha kunI Amerikada qariyb 3000 kishi halok bo'lgan. O'sha paytda Afg'onistonda asoslangan Al-Qoida terror guruhi bu xurujlar uning ishi ekanini ochiq tan olgan va bu bilan Amerika hamda butun G'arbga qarshi urush ochganini bildirgan. AQSh bunga javoban terrorizmga qarshi urush e'lon qildi. Afg'oniston ishg'ol qilindi. Ikki yil o'tar o'tmay Iroqqa bostirib kirildi. Bugungacha nimaga erishildi? Quyidagi tahliliy maqolalarda mana shu savolga javob izlaymiz.
Muhammad Ata va Marvon al-Shahiy Amerikada bemalol yurgani, uchishdan dars olgani va minglab insonni o'ldirganiga ishonish qiyin.
Rasmiylarga ko'ra, tahdid jiddiy, ammo hozircha tasdiqlanmagan. Nishon Nyu-York yoki Vashington deya taxmin qilinmoqda.
2001-yilning 11-sentabrida AQShga qarshi terror xurujlari amalga oshirilgan. Bu voqea jahon siyosatida katta burilish yasagan.
Mahalliy xavfsizlik kuchlari NATO bilan hamkorlikda “Al-Qoida” guruhining yetakchi a’zolaridan birini Jalolobodda yo'q qilgan.
Dunyoda Guantanamochalik nomi bulg’angan qamoqxona bo’lmasa kerak. Bu yerda saqlanadigan odamlarning bari terroristlikda gumon qilinadi.
2001-yil terror xurujlaridan beri AQSh armiyasida katta o’zgarishlar ro’y berdi. Iroq va Afg’onistonda urushlar, maxsus operatsiyalar...
Iroq va Afg’onistondagi urushlarda yuzlab ming insonlar qatorida amerikalik olti ming askarning umri ham xazon bo’ldi.
2001-yil 11-sentabr xurujining oldi olinmaganida ko'plar maxfiy xizmatlarni ayblaydi. O'shandan beri tizim anchayin isloh qilindi.
Jangarilar bilan muzokara olib borayotgan arboblar deydiki, Tolibon amirligi endi o'tmish. Tinchlik xalqni e'zozlashni talab qiladi.
Amerikaliklar 2001-yilning 11-sentabrini oddiy qilib, "9-11" deydi. Sentabr to'qqizinchi oy, 11 esa o'sha mudhish kun.
Missiya nihoyasiga yetayotgani allaqachon e’lon qilingan. Xavfsizlik ta’minlansa, afg'onlar u yog’ini o’zi eplamoqchi.
Mark Grossman - Obama ma'muriyatining Afg’oniston va Pokiston bo’yicha maxsus vakili. Hukumatlarni hamkorlikka undab keladi.
Pulning izidan borsangiz egasini topasiz. 11-sentabr xurujlarini amalga oshirish uchun 500 million dollar ajratilgani ma'lum.
Prezident o'z yurtdoshlarini har jihatdan bardam va birdam, mehr-oqibatli va bag'rikeng bo'lishga undamoqda.
Elizabet Torres 2001-yilning 11-sentabrida u sakkiz qarindoshidan ayrilgan. Hammasi Nyu-Yorkda Jahon Savdo Markazida ishlar edi.
"Musulmonlar xavfsizlik xizmati bilan yaqin hamkorlik qilmayapti", - deydi qonunchi Piter King. Bugun Kongressda masala muhokamada.
2001-yil 11-sentabr voqealaridan keyin Amerikada xavfsizlik tushunchasi o’zgardi. Lekin ko’rilayotgan choralar hammaga ham ma’qul emas.
Terrorga qarshi urush va uning oqibatlari har yerda namoyon, deydi musulmonlar, AQSh deganda shu xayolga keladi.